RUENUZЎЗ

Toshkent rivojiga qo‘shilgan hissaning e’tirofi

Toshkent rivojiga qo‘shilgan hissaning e’tirofi

Technoplastic bosh direktori Gulrux Ilyasbekovna Xasanova poytaxtning ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga qo‘shgan salmoqli hissasi va ko‘p yillik vijdonli mehnati uchun Toshkent shahar hokimligining Faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi.

Shuningdek, unga O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan ta’sis etilgan “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni topshirildi.

Ushbu mukofotlar ko‘p yillik mehnat, kasbiy mas’uliyat hamda milliy tadbirkorlik va sanoat rivojiga qo‘shilgan hissaning yuksak e’tirofidir.

Technoplastic jamoasi uchun bu — doimiy rivojlanish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va O‘zbekiston sanoat salohiyatini yuksaltirishga hissa qo‘shishga intilish asosidagi mehnat natijalarining muhim e’tirofidir.

← Barcha yangiliklar